AsosiyDunyo

Nigeriyada o`g`irlangan qizlar qaerda ekanligi aniqlandi

Nigeriya mudofaa shtabi rahbari Aleks Badex dushanba kuni o`g`irlangan 200 nafardan ortiq qiz qaerda ekanligi ma`lum bo`lgani haqida ma`lumot berdi, deb yozadi Frans Press nashri.

“Biz qizlarni qaerda saqlanayotganligi haqida xabarga egamiz. Ammo, sizlarga buni ayta olmaymiz”,-deydi Badex. Reyter axborot agentligining xabar qilishicha, harbiylar qizlarni ozod qilish uchun kuch ishlatishmaydi. 

2014 yilning aprel oyida “Boko Xaram” terroristik guruhi 270 nafar maktab o`quvchi qizlarini o`g`irlab ketishgan edi. Terroristik guruh etakchisi qizlarni qo`lga olingan barcha jangarilarga almashishni taklif qildi, biroq Nigeriya hukumati ushbu taklifni rad etdi. 

Avvalroq AQSh hukumati o`g`irlangan maktab qizlarini izlashga yordam berish maqsadida bir guruh harbiylarni yuborgan edi.  

    Boshqa yangiliklar