AsosiyDunyo

Ruandada chaqmoq urishi oqibatida 16 kishi halok bo`ldi

'Ruandada chaqmoq urishi oqibatida 16 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Ruandadagi cherkovlardan birida chaqmoq urishi oqibatida 16 kishi halok bo`ldi, yuzlab odamlar jarohatlandi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Voqea Ruandaning Nyaryuguru aholi punktida ro`y bergan. Cherkovda bo`lgan odamlarni chaqmoq urishi oqibatida 16 kishi voqea joyida halok bo`lgan.

Mahalliy hukumatning ma`lumot berishicha, 140 nafar odam turli darajadagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Bundan tashqari, mazkur hududda yashovchi yana bir odam ham chaqmoq urishi oqibatida hayotdan ko`z yumgan.



    Boshqa yangiliklar