2007 yilda dunyoning eng og`ir kishisi deb topilgan meksikalik Manuel Uribe 26 may, dushanba kuni 48 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda Associated Press nashri xabar bermoqda.
Uribe Monterrey shahridagi shifoxonada vafot etdi. U erga bemor maxsus kranlar yordamida etkazilgan. Hozircha shifokorlar o`lim sababini aytishmadi. Ammo, meksikalik yurak va jigar organlarida og`riq his qilayotgan edi.
Uribe 2001 yil 597 kg vazn yig`ib, harakatlanmay qolgan, 2007 yil esa uning og`irligi 560 kg edi.
Shifokorlarning maxsus parxezi yordamida u 2008 yilda 360 kg og`irlikka ega bo`ldi. O`lim paytida esa uning og`irligi 394 kg.ni tashkil qildi.
Hozirgi kunda dunyoning eng og`ir kishisi Saudiya Arabistoni fuqarosi Xolid bin Moxsin Shaari. Uning vazni 610 kilogrammga teng.