1

O`zbekistonning Qozog`istondagi elchisi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

Siyosat 12.03.2018, 16:58
O`zbekistonning Qozog`istondagi elchisi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

12 mart kuni O`zbekistonning Qozog`istondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Saidikram Niyazxodjaev Qozog`iston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari G`alimjan Qoyshibaevga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

"Tegishli marosimdan so`ng elchi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdiraxmanov tomonidan qabul qilindi. Vazir S.Niyazxodjaevni yuqori lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi va muvaffaqiyatlar tiladi", deyiladi vazirlik xabarida.

Bo`lib o`tgan suhbat davomida O`zbekiston-Qozog`iston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1