1

​O`zEOAVMA ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mashhurlar ishtirokida sayyohlik turi tashkil qildi (video)

Madaniyat 12.03.2018, 17:07
​O`zEOAVMA ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mashhurlar ishtirokida sayyohlik turi tashkil qildi (video)

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan «O`zbekiston bo`ylab sayohat qil» ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida maxsus sayyohlik turi tashkil etildi.

Mazkur sayyohlik turida o`zbek madaniyati va san`atining 100 nafarga yaqin arboblari, taniqli yozuvchi va shoirlar, ijodkor ziyolilar, aktyorlar Samarqand shahridagi muqaddas qadamjolar, tarixiy-madaniy yodgorliklar, viloyatning o`ziga xos urf-odat va an`analari bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo`lishdi.

Ular Imom al-Buxoriy majmuasi va Samarqand shahrining boshqa diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Shuningdek, Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti haqiga duolar o`qishdi.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1