AsosiyDunyo

Echki va eshakning do`stligi haqida hayotiy lavha suratga olindi(VIDEO)

Mister K. laqabli echki va Marmelad laqabli eshak do`stligi ertaklarni eslatdi. 

Bu ikki inoq do`stni ajratishganidan so`ng echki deyarli bir hafta hech narsa emadi. Ammo, Marmelad qaytarilishi bilan Mister K. darhol oyoqqa turib ketdi. 

Animal Place fermasi xodimlari ushbu echki hamda eshakning do`stligi haqida qisqa film suratga olishdi. Quyida taqdim etilgan videoda Mister K.ning 6 kun kayfiyatsiz, ovqatlanmay o`tirishi va eshak qaytishi bilan oyoqqa turib, uning yoniga borishi tasvirga olingan. 

"O`sha vaqtning o`zidayoq Mister K.ga ishtaha qaytdi. Ushbu voqea hayvonlarning ham do`stlik munosabatiga egaliklarini isbotlaydi",-deydi ferma xodimi.

    Boshqa yangiliklar