Avstraliya transport xavfsizligi agentligining ekspertlari sun`iy yo`ldoshdan olingan ma`lumotlarga asoslanib, Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli yo`qolgan samolyotning yoqilg`isi tugab, Hind okeaniga qulagan bo`lishi mumkin deb hisoblashmoqda.
Ushbu ma`lumotlarga ko`ra, samolyot bilan aloqa yo`qolmasidan avval laynerdan har soat kelishi kerak bo`lgan ovozli signallar doimiy kelmagan. Bu esa Boeing elektr tizimida yoqilg`i etishmasligi sababli bir necha bor uzilishlar bo`lganini tahmin qilish imkonini beradi, deya yozadi ITAR-TASS.
Hind okeanidagi qidiruv zonasidan Avstraliyaning Petr portidan Kokos orollarigacha bo`lgan M641 marshruti o`tgan. Ekspertlar uchuvchilar hushsiz holatda bo`lishganida, samolyot avtopilot yordamida ushbu yo`nalish bo`ylab parvoz qilgan deb tahmin qilishmoqda.
Avvaliga samolyotning texnik holat haqida ma`lumot berib turuvchi aloqa tizimi ishdan chiqqan. Shundan so`ng,aniqlovchi signalni uzatuvchi radiomayak o`chgan. Shunga qaramay samolyot boshqa signallarni uzatishda davom etgan.Sun`iy yo`ldosh laynerning radardan yo`qolishidan 7 soat o`tib, navbatdagi signalni ushladi. Ammo, uning qaerdan ekanligini aniqlanmadi.
Eslatib o`tamiz, 8 mart kuni Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Boeing bortida 14 mamlakatdan 239 yo`lovchi bo`lgan. Samolyotni topish uchun amalga oshirilgan barcha qidiruv ishlari hozircha hech qanday natija bermadi.