Edvard Snouden AQSh hukumatining uni tizim administratori bo`lgani to`g`risidagi xabarini rad etmoqda. Snouden o`zini razvedkachi bo`lganini aytmoqda. Bu haqda Vesti.Ru nashri xabar bermoqda.
“Meni josus bo`lishga o`rgatishgan. Men boshqa ism bilan chet elda istiqomad qilar edim va ishlardim”,- dedi Snouden NBC kanaliga bergan intervyusida. Bu uning AQSh kompaniyalariga bergan ilk intervyusi bo`ldi.
AQSh maxsus xizmatning fuqarolarni kuzatish to`g`risidagi hujjatlarni chop etilganidan so`ng AQSh hukumati Edvard Snoudenni tizim administatori lavozimida ishlagini ma`lum qilishdi. Mamlakat prezidenti Barak Obama esa 29 yoshli xakerni qo`lga olish uchun qiruvchi samolyotlarni havoga ko`tarishni rejalashtirmaganini aytgan.
Edvard Snouden esa AQSh hukumati uchun markaziy razvedka boshqarmasi va milliy xavfsizlik agentligi xodimi sifatida yuqori darajadagi vazifalarni bajarganini ta`kidlamoqda.
Shuningdek, Snouden Mudofaa vazirligi boshqarmasi qoshidagi razvedka akademiyasida ma`ruzalar o`tkazganini aytmoqda.
Eslatib o`tamiz, Edvard Snouden AQSh maxsus xizmatining kuzatuv dasturlari haqidagi maxfiy hujjatlarni OAV vakillariga topshirgan. O`tgan yili Snouden Rossiyadan siyosiy boshpana olgan edi. Vatanida unga qarshi maxfiy hujjatlarni oshkor qilgani uchun jinoiy ish qo`zg`atilgan va u uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.