Kuni kecha Golivudda “Malefisenta" filmi premerasi bo`lib o`tdi.
Premerada Anjelina Joli va Bred Pitt qatnashdilar. Ammo, premera davomida ko`ngilsiz voqea sodir bo`ldi.
Ukrainalik jurnalist Vitaliy Sedyuk Bred Pittga hujum qildi. voqea El Capitan kinoteatrining qizil yo`lakchasida sodir bo`ldi.
Sedyuk to`siqni kesib o`tib, Pittga tashlandi. Akter o`zini yo`qotmadi u jurnalistga nisbatan javob qaytardi. Shundan so`ng, qo`riqchilar uni ushlab olishdi. Bir oz vaqtdan so`ng, Sedyuk ikki polisiya xodimi nazoratida olib ketildi.

Pittga hujum qilinganida Anjelina Joli qizil yo`lakchaning boshqa qismida edi.
Vitaliy Sedyuk avvalari ham shunga o`xshash janjallar ko`targan. U aktrisa Amerika Ferrera yubkasining tagiga boshini tiqmoqchi bo`lgan, Leonardo Di Kaprio shimiga yuzini bosgan, Uill Smittdan bo`sa olmoqchi bo`lgan va Bredli Kuperga tiz cho`kkan.






