1

O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog`i va emblemasi tasdiqlandi

Siyosat 15.03.2018, 09:41
O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog`i va emblemasi tasdiqlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 14 mart kuni «O`zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmonga imzo chekkani haqida xabar bergan edik.

Farmonda O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog`i va emblemasi ham tasdiqlangan. Bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlansin deb belgilangan.

O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog`ining

TAVSIFI

1 (1).jpg

O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog`i barqarorlik, matonat, sodiqlik, fidoiylik va mardlikni ifoda etuvchi
to`q ko`k rangli to`g`ri burchakli mato ko`rinishiga ega.

Bayroq markazida geraldik belgi – O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining emblemasi tasvirlangan.

O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog`ining uzunligi – 250 sm, eni – 125 sm.

O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi – geraldik belgi

TAVSIFI

2 (1).jpg


Geraldik belgi – O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi to`q ko`k rangli aylana tasmasi bo`lgan kumush rang doiradan iborat.

Aylana tasmaning yuqori qismida oq rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida: «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI», pastki qismida: «DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI» deb yozilgan. Ushbu yozuvlar hurlik ma`nosini anglatuvchi sakkiz qirrali ikkita yulduz bilan ajratilgan.

Doira markazida davlat va jamiyatni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish ramzini anglatuvchi, pastki qismi cho`zilgan, yuqori burchaklari kesilgan uchburchak ko`rinishiga ega qalqon tasvirlangan. Qalqon yuzasi kumush rangda. Qalqonning markazida O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.

O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbidan qalqonning kambar hoshiyalariga qadar quyosh nurlarini ifodalovchi to`g`ri chiziqlar tortilgan.

Qalqonning kesilgan ikki yuqori va pastki burchaklarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari muhofazasini anglatuvchi uchta xalqa tasvirlangan.

Qalqon ortida simmetriya o`qi bo`yicha tig`i pastga yo`naltirilgan qilich joylashgan. Qilich kuch, sha`n, adolat, jasorat va hushyorlikni anglatadi.

Qilich kumush rangda. Qilich dastagi ettita xalqadan iborat bo`lib, ular O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy tamoyillarini anglatadi.

Qalqon va qilich ortida simmetrik ravishda ikki tomonga hilpirayotgan O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i tasvirlangan.

O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining qalqon va qilich ortida joylashuvi konstitusiyaviy tuzum, suverenitet, hududiy yaxlitlik va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganligini anglatadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1