1

Prezident Shavkat Mirziyoev Qozog`istonga jo`nab ketdi

Siyosat 15.03.2018, 09:58
Prezident Shavkat Mirziyoev Qozog`istonga jo`nab ketdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevning taklifiga binoan 15 mart kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo`nab ketdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Avval xabar qilinganidek, tashrif doirasida O`zbekiston delegasiyasi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining keng ko`lamli kun tartibiga ega birinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Ushbu uchrashuvni o`tkazish taklifi Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 2017 yil sentyabr oyida o`tgan 72-sessiyasida ilgari surilgan hamda Samarqand shahrida bo`lgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yaxlit dastur darajasigacha rivojlantirilgan edi.

O`zbekistonning ushbu tashabbusi mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan qo`llab-quvvatlanib, Qozog`iston oliy darajadagi birinchi uchrashuvni Ostonada o`tkazishni taklif etgandi.

Davlatimiz rahbari shu kuni Qozog`istonda O`zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi.

Shuningdek, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qozog`iston Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1