1

Sankt-Peterburgda O`zbekiston Bosh konsulxonasi ochildi

Siyosat 15.03.2018, 15:23
Sankt-Peterburgda O`zbekiston Bosh konsulxonasi ochildi

14 mart kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O`zbekiston bosh konsulxonasining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Tadbirda Rossiya tashqi ishlar vazirligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi rahbari V.Zapevalov, shahar tashqi aloqalar qo`mitasi raisi vazifasini bajaruvchi S.Markov, Leningrad viloyati tashqi aloqalar qo`mitasi raisi A.Minin, o`zbek diasporasining vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Marosimda nutq so`zlaganlar bosh konsulxona ochilgani chet eldagi O`zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek O`zbekistonning Rossiya mintaqalari bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam ekanligini ta`kidladi.

«Shahrimiz hukumati O`zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga katta e`tibor qaratmoqda. Biz hamkorlikni kengaytirish, tashriflarni tashkil etishga o`zaro intilishni va boshqa ko`plab ikki tomon uchun ham manfaatli loyihalarni yuqori baholaymiz», — deydi Sankt-Peterburg shahri hokimi Georgiy Poltavchenko o`z tabrigida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1