1

Qozog`istonlik ekspert: Mamlakatlarimiz bir qayiqda

Siyosat 15.03.2018, 15:32
Qozog`istonlik ekspert: Mamlakatlarimiz bir qayiqda

“Kazinform” xalqaro axborot agentligi Qozog`iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori o`rinbosari Sanat Kushkumboevning Qozog`iston-O`zbekiston hamkorligi istiqbollari borasidagi fikr-mulohazalari bilan o`rtoqlashdi, deb yozadi O`zA.

2017 yilda ikki davlat o`rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqqani, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar faollashgani, bu esa O`zbekiston va Qozog`iston rahbarlarining amalga oshirgan samarali tashriflari, oliy darajada o`tkazilgan ko`plab uchrashuvlar mahsuli ekanligini ta`kidlagan S.Kushkumboev. Shuningdek, mamlakatlarimiz o`rtasidagi savdo aylanmasi qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgani, Prezidentlar bu ko`rsatkichni 2020 yilgacha 5 milliard dollarga etkazish vazifasini qo`yganini ham qayd etgan u.

“O`zbekistonning 32 millionga yaqin aholisi bor. Bu ulkan va keng ko`lamli bozor, mehnat resurslari degani. Shuningdek, mamlakatning qulay iqlim sharoiti yil bo`yi meva va sabzavot etishtirish imkonini beradi. Shu bilan birga O`zbekiston avtomobilsozlik sohasida yuqori salohiyatga ega. Nafaqat engil avtomobillar, balki yuk va yo`lovchi tashuvchi texnikalar ham ishlab chiqarilmoqda. Ayni vaqtda O`zbekiston o`z hududini sanoatlashtirish bo`yicha yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. Deyarli har bir hududda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilinayotir” deya eskpert Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda ayni shu jihatlarga e`tibor qaratish lozimligiga to`xtalgan.

“Mintaqada xavfsizlikni ta`minlash va mustahkamlash borasida ham Qozog`iston va O`zbekiston o`zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishi zarur. Aslida bu masalada mamlakatlarimiz bir qayiqda” deya S.Kushkumboev xulosa qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1