1

Shavkat Mirziyoev birinchi darajali «Do`stlik» ordeni bilan taqdirlandi

Siyosat 15.03.2018, 20:03
Shavkat Mirziyoev birinchi darajali «Do`stlik» ordeni bilan taqdirlandi

Qozog`iston Respublikasi 2018 yilni mamlakatda O`zbekiston yili deb e`lon qilgan edi. Shu munosabat bilan «Ostona opera» teatrida tashkil etilgan tantanali marosim bo`lib o`tmoqda.

Unda O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston Prezidentlari va Markaziy Osiyo davlatlari delegasiyalari a`zolari, diplomatik korpus vakillari, xorijlik faxriy mehmonlar ishtirok etmoqda, deyiladi O`zA xabarida.

Marosimda Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev nutq so`zladilar. O`zbekiston va Qozog`iston rahbarlari mazkur yirik tadbir ikki xalq o`rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, o`zaro tajriba almashish va do`stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim rol o`ynashini ta`kidladilar.

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo`lidagi ulkan xizmatlari uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni birinchi darajali «Do`stlik» ordeni bilan mukofotladi.

O`zbek san`at ustalarining chiqishlari yig`ilganlarga ko`tarinki kayfiyat bag`ishladi.

Qozog`istonda O`zbekiston yili doirasida madaniy-ma`rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, festivallar o`tkazish, Qozog`iston madaniyat ahlining O`zbekistonda tashriflarini amalga oshirilishi mo`ljallangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1