AQSh sudi ukrainalik jurnalist Vitaliy Sedyukni aktyor Bred Pittga 5 kun davomida 155 metrgacha yaqin kelishini taqiqladi.
Shuningdek, shoumen bir oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda ITAR-TASS xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, chorshanba kuni “Malefisenta” filmi premerasida ukrainalik jurnalist Vitaliy Sedyuk Bred Pittga hujum qilgan. Voqea El Capitan kinoteatrining qizil yo`lakchasida sodir bo`ldi.
Sedyuk to`siqni kesib o`tib, Pittga tashlandi. Aktyor o`zini yo`qotmadi u jurnalistga nisbatan javob qaytardi. Shundan so`ng, qo`riqchilar uni ushlab olishgan. Bir oz vaqtdan so`ng, Sedyuk ikki nafar polisiya xodimi nazoratida olib ketildi.