May oyining ilk etti kunida yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan Shahzoda millionlar o`yini futbolni madx etishga axd qildi...
"Faqat g`alaba bo`lsa bas" deb nomlangan qo`shiq o`zbek futbolchilariga atalgan. Ushbu qo`shiq sport ustalari ishtirokida ishlangan rolik bilan birga Shahzodaning konsert dasturida ilk marta jarang sochgandi. Sportchilarimizni ruhlantira oladigan bu qo`shiq maxsus madhiyaga aylansa ajab! "Faqat g`alaba bo`lsa bas"ga tez kunlarda eng mashhur futbol o`yinchilari ishtirokida klip ham suratga olish rejalashtirilgan.





