AsosiyDunyo

Yilning eng obro`li ayollari ro`yhati e`lon qilindi

Forbes 10 marotaba dunyoning 100 nafar eng obro`li ayollarini tanladi.

To`qqizinchi marotaba mazkur ro`yhatga Germaniya kansleri 59 yoshli Angela Merkel etakchilik qildi. AQSh Federal rezerv tizimini 2014 yilda boshqargan Janet Yellen ro`yhatda ilk bor qatnashib, ikkinchi pog`onadan joy oldi. Uchlikni Bill Geytsning rafiqasi Melinda Geyts yopib berdi.

Ro`yhatni tuzishda to`rtta ko`rsatkich inobatga olindi: mablag`, OAVda tilga olinishi, nufuz doirasi va sohaga ta`siri. Yuzlikdan 9 nafar davlat rahbari, 28 korporasiya rahbari, o`z fond va kompaniyasini tashkil etgan 18 nafar ayol, 81 milliard AQSh dollardan ko`p mablag`ga ega 13 nafar milliarder ayol o`rin oldi. 

Ro`yhatning eng keksa ishtirokchisi 88 yoshli Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta bo`lgan bo`lsa (ro`yhatda №35), eng yoshi — 28 yoshli amerikalik qo`shiqchi Ledi Gaga bo`ldi.

Sakkiz nafar ayol ro`yhatga o`ninchi marotaba kirishdi. Bular Melinda Geyts, Kristin Lagard, Xillari Klinton va Indra Nuyi, shuningdek Opra Uinfri, Emi Paskal, Qirolicha Elizaveta II hamda Temasek ijrochi direktori Xo Chinlardir.

    Boshqa yangiliklar