Pastdarg`om tumanida Shavkat Mirziyoev raisligida Samarqand viloyati faollari va poytaxtdan kelgan mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig`ilish boshlandi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Yig`ilishda salohiyati cheksiz bo`lgan bu viloyatdagi mavjud imkoniyatlardan etarli darajada foydalanilmayotganligi qayd etildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, 2017 yilda yalpi hududiy mahsulot atigi 2,5 foizga o`sgan. Bu respublika ko`rsatkichidan 2 barobar kam. Viloyatdagi iqtisodiy ahvol ijtimoiy holatga salbiy ta`sir qilgan.
Ta`kidlanishicha, bugungi kunda Samarqandda qariyb 107 ming odam ishsiz, bu masalani hal etish uchun mavjud rezervlar va imkoniyatlarni to`liq ishga solish hisobiga 120 mingdan ziyod ish o`rni yaratish vazifasi qo`yilgan.






