AsosiySiyosat

Suv xo`jaligi vaziri boshchiligidagi delegasiya 8 Jahon suv forumida ishtirok etishmoqda

'Suv xo`jaligi vaziri boshchiligidagi delegasiya 8 Jahon suv forumida ishtirok etishmoqda'ning rasmi

2018-yilning 18-23-mart kunlari O`zbekiston Respublikasi suv xo`jaligi vaziri Shavkat Xamraev boshchiligidagi delegasiya Braziliya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi, deb xabar qildi O`zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"Tashrif dasturidan Sakkizinchi Jahon suv forumida ishtirok etish o`rin olgan. Ushbu forum barqaror rivojlanish, suv resurslarini boshqarish va ushbu sohada global kun tartibini shakllantirish masalalari bo`yicha tajriba almashish uchun eng katta maydon hisoblanadi", — deyilgan xabarda.

Forum natijasi bo`yicha Vazirlar deklarasiyasi qabul qilinishi kutilmoqda. Mazkur deklarasiyada xalqaro hamjamiyat va milliy hukumatlarga suvdan adolatli foydalanish imkoniyatini ta`minlash va suv resurslarini ehtiyotkorlik bilan boshqarish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar ko`rishga chaqiriq kiradi.

    Boshqa yangiliklar