AsosiySport

«Bunyodkor» bosh murabbiyi o`zgardi

Sergey Lushan “Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Xabaringiz bor, Mirjalol Qosimov e`tiborni milliy terma jamoaga qaratgach, “Bunyodkor”ni vaqtincha Aleksandr Volkov boshqardi.

3 iyun kuni “Bunyodkor” futbol klubida yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda jamoa a`zolariga yangi bosh murabbiy Sergey Lushan rasman tanishtirildi.

Sergey Ivanovich “Bunyodkor” futbol klubi uchun begona emas. U 2007-2008 yillar davomida “qaldirg`ochlar” safida harakat qilgan. 2009 yildan boshlab futbol maktabimizda yosh sportchilar bilan ishlab kelayotgandi.

    Boshqa yangiliklar