Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekxem yana professional futbolga qaytishi mumkin. Bu haqda Eurosport.ru xabar bermoqda.
U Mayamida yangi futbol jamoasi tuzmoqda. Muxlislar va investorlar diqqatini jalb etish maqsadida o`zi ham jamoa safida to`p surishi mumkin.
"Klub egasi o`z jamoasida to`p surishi futbol tarixida hali kuzatilmagan. Faoliyatimni yakunlagach, qiyin ahvolda qoldim, ammo dam olishga ulgurdim. Hozir basketbol uchrashuvini ko`rishga tashrif buyursam, sportchilarni ko`rib maydonga qaytishga bo`lgan istagim ortib ketadi. Shu paytlar futbolga qaytish haqida o`ylayman. Balki maydonga qaytsamikan?",-deydi Bekxem.