21 mart kuni Keniya olimpiya terma jamoasi Toshkentga etib keldi va shu kunning o`zidayoq keniyalik futbolchilar Andijon shahriga yo`l olishdi. Bu haqda O`zbekiston Futbol assosiasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Afrikalik futbolchilarni Andijonda viloyat futbol federasiyasi mas`ullari, muxlislar va OAV xodimlari kutib olishdi.

Keniyaliklar mahalliy muxlislar bilan birga Navro`z bayramini nishonlashdi.
Keniya olimpiya terma jamoasi vakillari Andijondagi "Bog`ishamol" mehmonxonasiga joylashishdi. Ular bugundan mashg`ulotlarga kirishishadi.
Eslatib o`tamiz, Keniya OTJga qarshi O`zbekiston olimpiya terma jamoasining 1-o`rtoqlik uchrashuvi 23 mart kuni Andijon shahridagi "Barkamol avlod" stadionida soat 20:00da boshlanadi.







