AsosiySport

O`zbekiston milliy terma jamoasi Marokashga etib bordi

'O`zbekiston milliy terma jamoasi Marokashga etib bordi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaning Istanbul shahriga etib borgani va u erda mashg`ulot ham o`tkazgani haqida avval xabar berib o`tgandik.

21 mart kuni milliy terma jamoa a`zolari Istanbul – Kasablanka yo`nalishi bo`ylab Marokashga etib bordi. Uzoq muddatli parvozni amalga oshirgan futbolchilar Kasablanka shahridagi “Farah Casablanca” mehmonxonasiga joylashishdi.

Ertadan terma jamoamiz a`zolari Marokashdagi ilk mashg`ulotlarga kirishishadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston MTJ 23 mart kuni Senegalga qarshi, 27 mart kuni esa Marokashga qarshi bahs olib boradi.

    Boshqa yangiliklar