Timati boshchilik qiladigan Black Star leybli ishtirokchisi farg`onalik MC Doni Buxoroda "Jin" qo`shig`i uchun klip suratga oldi va 21-mart kuni YouTube tarmog`iga joyladi.
Klipda shaharning ko`rinishi, sharqona muhit, ko`chalar, bozor va hattoki yaqindagina paydo bo`lgan uchar darvish ham mohirona ko`rsatib berilgan. Klip ijodkorlari uni suratga olishda yordam bergan Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga minnatdorlik bildirishdi.
MC Doni o`z faoliyatini Timati uchun bek-MC sifatida boshlagan, lekin yakkaxonlik faoliyatida ajoyib natijaga erishgan.