AsosiySport

Lushan O`zbekiston U-19 jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi

O`zbekiston Futbol Federasiyasi huzuridagi Murabbiylar Kengashi Sergey Lushanning «Bunyodkor» futbol klubiga bosh murabbiy etib tayinlanganini ma`lumot sifatida qabul qildi.

Shu bilan birga Sergey Lushan O`zbekiston U-19 jamoasi bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etildi. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar bermoqda.

O`zbekiston Futbol Federasiyasi vakant o`ringa yangi bosh murabbiy tayinlash borasida ishga kirishdi va tez orada yangi bosh murabbiy nomi e`lon qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar