Oliy Majlis Senati Kengashi parlament Yuqori palatasining o`n to`rtinchi yalpi majlisini chaqirish to`g`risida qaror qabul qildi. Davlat organi axborot xizmati shu haqda xabar berdi.
Quyidagi qonunlar kun tartibiga qo`yilgan:
- «Davlat mukofotlari to`g`risida» (yangi tahriri);
- «Jamoatchilik nazorati to`g`risida» – loyiha sharhi bu erda, ekspert takliflari esa bu erda;
- «Davlat xaridlari to`g`risida» – loyiha sharhi bu erda;
- «O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to`g`risida» – Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF–5308-son Farmonida ishlab chiqish topshirilgan (Farmon sharhiga qarang);
- «O`rmon to`g`risida» (yangi tahriri);
- «O`zbekiston Respublikasi uy-joy-kommunal xizmati sohasi xodimlari kunini belgilash to`g`risida» – hujjat sharhi bu erda;
- «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo`yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida» – tafsilotlar bu erda;
- «O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida» – ular orasida Soliq kodeksiga tuzatishlar ham bor.
Bundan tashqari, senatorlar xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikasiya qilish to`g`risidagi bir qancha qonunlarni ko`rib chiqadilar, Inson huquqlari bo`yicha vakilning (ombudsman) 2017 yildagi faoliyati to`g`risidagi hisobotni, adliya vazirining 2017 yilda huquqiy targ`ibot va ma`rifatning holati haqidagi axborotini eshitadilar hamda to`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqadilar (hujjat sharhi bu erda).






