Qozog`istonda badiiy gimnastika bo`yicha bolalar o`rtasida o`tkazilgan "KERBEZ CUP - 2018" xalqaro turnirida yosh gimnastikachilarimiz 5 oltin hamda 2 kumush medalni qo`lga kiritdi.
Musobaqaning Arina Petrova, Sora Nurmatova, Jamila Jalilova oltin, Zebo Yoqubova, Samira Boqieva shohsupaning birinchi pog`onasidan joy olgan bo`lsa, Liza Koneva hamda Odina Zohidova kumush medalni qo`lga kiritdi.
Ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini badiiy gimnastika bo`yicha nufuzli musobaqalar g`olibi Jamila Rahmatova maktabi tarbiyalanuvchilari himoya qildi.






