Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum guruh bosqichida “Uzbek Tigers” va “Colombia Heroicos” o`rtasidagi bellashuv 2:3 hisobida yakunlandi.
Ikki jamoa o`rtasidagi so`nggi uchrashuvda vazni 49 kilogramm bo`lgan Mironshoh Ibragimov hamda Martinez Yuberjen o`zaro kuch sinashdi.
Shu tariqa “Uzbek Tigers” jamoasi safarda 2:3 hisobida imoniyatni boy berdi.
Endi bokschilarimiz musobaqaning 5-6-turlarini Venesuelaning “Caciques Venesuela” jamoasiga qarshi o`tkazadi. Unda S1 va S2 guruh bokschilari ishtirok etadi. Bu janglar 6-7 aprel kunlari Termiz shahrida bo`lib o`tadi.






