AsosiySport

Chusovitina barchani hayratlantirishda davom etadi. Bu safar u Dohada chempion

'Chusovitina barchani hayratlantirishda davom etadi. Bu safar u Dohada chempion 'ning rasmi

Hamyurtimiz Oksana Chusovitina bu safar Qatar poytaxti Doha shahrida bo`lib o`tayotgan jahon kubogi bahslarida ishtirok etmoqda.

Tajribali sportchimiz 23 mart kuni bo`lib o`tgan bahslarda ham o`ziga bildirilgan ishonchni oqlay oldi va oltin medal sohibiga aylandi. U o`zining sevimli yo`nalishi - tayanib sakrash bahslarida 14,433 ball jamg`arib, shohsupaning eng yuqori pog`onasidan o`rin egalladi. Kumush medal KXDR vakili Pyon Ryo Yongga nasib qilgan bo`lsa, bronza medaliga fransiyalik Kolin Devilard ega chiqdi.

Ma`lumot uchun, Doxadagi jahon kubogida 39 mamlakatdan 160 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ularning 101 nafari erkaklar o`rtasidagi bahslarda qatnashayotgan bo`lsa, 59 nafari ayollar o`rtasidagi musobaqada o`z omadini sinab ko`rmoqda.

Eslatib o`tamiz, Chusovitina o`tgan haftada Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o`tkazilgan jahon kubogi bahslarida oltin va bronza medallari sohibiga aylangandi.

    Boshqa yangiliklar