1

1 apreldan xorijiy valyutani naqd shaklda echib olish mumkin bo`ladi

Iqtisodiyot 24.03.2018, 08:54
1 apreldan xorijiy valyutani naqd shaklda echib olish mumkin bo`ladi

Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qarorga ko`ra 2018 yil 1 iyuldan tijorat banklari:

dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevosita xizmat ko`rsatish hududiga to`sqinliksiz kirish;

mijozlarni dastlabki qabul qilish ma`muriyat xodimlaridan ko`rsatilayotgan bank xizmatlari to`g`risida dastlabki maslahatlarni olish;

kredit (mikroqarz) berish to`g`risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to`g`risida xabardor qilish yoki uni berishni asosli rad etish tartibini ko`rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro`yxatdan o`tkazish va ko`rib chiqish uchun sharoitlarni yaratishi zarur.

Markaziy bankka:

a) 2018 yil 1 aprelga qadar O`zbekiston hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to`lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda echib olish mexanizmini joriy etish;

xorijiy valyutaning oldi-sotdi operasiyalarini amalga oshirish va xalqaro to`lov kartalaridan pul mablag`larini xorijiy va milliy valyutadagi muddatli omonatlarga o`tkazishni ta`minlovchi jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimini joriy etish;

b) 2018 yil 1 iyulga qadar tranzaksiyalarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini ta`minlovchi milliy chakana to`lov tizimini tuzish va rivojlantirish;

qulay to`lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish;

v) 2018 yil 1 noyabrga qadar tijorat banklari bilan birgalikda turistlar ko`proq boradigan joylarda kunu-tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etilishini ta`minlash vazifasi yuklanmoqda.

Bundan tashqari, Markaziy bank endilikda bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlash, shuningdek, ularning oldini olishga, bank xizmatlari iste`molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko`maklashishga alohida e`tibor qaratadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1