Kvinslend shtatidagi sohilda antiqa pushti rangli meduza topildi. Qizig`i shundaki, ekspertlar ushbu meduza qaysi turga mansub ekanini bila olishmayapti. U och pushti rangda bo`lib, paypaslagichlari nihoyatda uzun. Mutaxassislarning fikrlaricha, bir necha og`izga ega bo`lgan ushbu meduza inson uchun xavfli. Afsuski meduza tadqiqot vaqtida nobud bo`lgan. Biroq olimlar uni o`rganishdan to`xtashmayapti. Asosiy maqsad, uning qaysi turga mansub ekanini aniqlash.





