1

Komil Allamjonov: ​Kelayotgan hafta muhim voqealarga boy bo`ladi

Siyosat 25.03.2018, 22:00
Komil Allamjonov: ​Kelayotgan hafta muhim voqealarga boy bo`ladi

Prezident matbuot kotibi Komil Alamjonov instagram sahifasida kelayotgan hafta muhim voqealarga boy bo`lishi haqida ma`lumot qoldirdi.

Kelayotgan hafta muhim voqealarga boy bo`ladi. Prezident Shavkat Mirziyoev 26 mart kuni AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Tomas Shennonni qabul qiladi, Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani bilan uchrashadi.

Davlatimiz rahbari 27 mart kuni «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq so`zlaydi.

Ushbu konferensiyada ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili Federika Mogerini, Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho`g`li, Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Asifni qabul qiladi.

Eslatib o`tamiz, Toshkent shahrida 26-27 mart kunlari Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1