AsosiySport

Xorvatiyalik futbolchi ko`kragiga to`p tegishi oqibatida vafot etdi (video)

'Xorvatiyalik futbolchi ko`kragiga to`p tegishi oqibatida vafot etdi (video)'ning rasmi

Xorvatiyaning 3-toifali divizionida «Marsoniya» va «Slavoniya» klublari o`rtasida kechgan bahsda mezbon jamoa futbolchisi 26 yoshli Bruno Boban vafot etdi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida kuchli zarb bilan tepilgan to`p Bobanning ko`kragiga tekkan. «Marsoniya» o`yinchisi maydonga quladi va uning atrofida futbolchilar to`planishdi. Xorvatiyalik futbolchiga ko`mak berish uchun chiqqan shifokorlar birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatishdi.

Bobanni shifoxonaga olib ketishdi va o`sha erda vafot etdi. Futbolchininig o`limining aniq sababi ma`lum emas va buning uchun tekshiruvlar olib boriladi.


    Boshqa yangiliklar