Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida aralash yakkakurash jang san`atlari (MMA) bo`yicha xalqaro turnir o`tkazildi.
"Strong" boks arenasida o`tgan musobaqada O`zbekiston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikistondan kelgan sportchilar g`oliblik uchun o`zaro bellashdi.
Unda MMA jangchisi va MMA bo`yicha mamlakatimizning eng zo`r murabbiyi Mansur To`g`izboevning ikki shogirdlari Umid Sagdulaev vaa Jahongir Yorkulov mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Nufuzli musobaqada vazni 77 kilogramm bo`lgan Jahongir qirg`izistonlik Q.Sama Uluga qarshi jang o`tkazib, g`alaba qozongan bo`lsa, 71 kilogramm vazn toifasida Umid mezbonlar sharafini himoya qilgan I.Omurbekovni mag`lubiyatga uchratdi.
– Qirg`izistonda o`tgan mazkur musobaqada shogirdlarim g`alaba qozonganidan xursandman. O`ylaymanki, bu g`alabalar oxirgisi bo`lmaydi. Umid va Jahongirning musobaqada o`tkazgan janglarildan ko`nglim to`ldi. Biz sportchilarning asosiy maqsadimiz, jahon arenalarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishdir. Men sportchi sifatida bir qator g`alabalarga erishdim. Endi esa shogirdlarim ham o`zbek o`g`lonlari hechkimdan kam emas va kam bo`lmasliklarini dunyoga namoyon etmoqda, – deydi Mansur To`g`izboev.






