1

Qozondagi ilk turk kinosi xalqaro festivalida o`zbek filmi namoyish etildi

Madaniyat 26.03.2018, 12:55
Qozondagi ilk turk kinosi xalqaro festivalida o`zbek filmi namoyish etildi

Tataristonning Qozon shahrida bugun ilk turkiy filmlar xalqaro festivali o`z ishini yakunlamoqda. Bu haqda «Anhor.uz» xabar bermoqda.

Festivalda Rossiya, Turkiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, O`zbekiston, Ozarbayjon va Turkmaniston kino san`ati vakillari qatnashmoqda.
Festival g`oliblar va mukofotlar bo`lmaydi. Uni o`tkazishdan maqsad tomoshabinlarga turkiy tilli davlatlar kinematografiyasining eng yaxshi yutuqlarini namoyish etish hamda ushbu davlatlar uchun umumiy kinobozor tashkil qilishdan iborat.

O`zbekistonlik rejissyor Qamara Kamolova 22 mart kuni festival doirasida o`zining «Osmonlar ostidagi yo`l» filmini tomoshabinlarga taqdim etdi.

Festival ko`chma bo`lib, u har yili turli mamlakatlarda o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1