1

Turkmaniston delegasiyasi xalqaro konferensiyada qatnashish uchun Toshkentga keldi

Siyosat 26.03.2018, 13:12
Turkmaniston delegasiyasi xalqaro konferensiyada qatnashish uchun Toshkentga keldi

Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Vepa Xadjiev boshchiligidagi delegasiya «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida Tojikiston delegasiyasini O`zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan o`tkazilayotgan Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27 martga mo`ljallangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1