1

Ibrat Jumaboev (Ibrat Safo) BBS muxbiri: tinchlik hammaga, dunyo ahliga kerak

Siyosat 26.03.2018, 13:24
Ibrat Jumaboev (Ibrat Safo) BBS muxbiri: tinchlik hammaga, dunyo ahliga kerak

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan o`tkazilayotgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi haqidagi BBS muxbiri Ibrat Jumaboev (Ibrat Safo) o`z fikrini bildirdi, deb yozadi O`zA.

"Xalqaro hamjamiyat e`tiborini tortgan ushbu anjuman Afg`onistonda tinchlikka erishish jarayoni, xavfsizlik masalalariga qaratilgan. Bu birgina davlatning ishi emasligi, tinchlik hammaga, dunyo ahliga kerakligini hisobga olsak anjumanning ahamiyati juda yuksak. Konferensiyani tinchlikka erishish yo`lidagi juda katta harakat deb hisoblayman. O`zbekiston ayni ezgu harakatga boshchilik qilyapti.
Bu esa O`zbekistonning qo`shni mamlakat Afg`onistondagi muvozanatli hayotga, tinchlik jarayonlariga befarq emasligini ko`rsatmoqda. O`zbekistonda bu kabi konferensiyaning tashkil etilishi va uni keng ommaga yoritishning tizimli yo`lga qo`yilgani biz, jurnalistlarni quvontiradi. Bu jarayonda jurnalistlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1