Bugun, 26 mart kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg`oniston bo`yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun bugun Toshkent shahriga kelgan AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi.
TIV matbuot xizmatidan ma`lum qilinishicha, uchrashuv chog`ida turli sohalarda O`zbekiston–AQSh hamkorligining holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, 27 mart kuni ochiladigan yuqori darajadagi Toshkent forumining kun tartibi nuqta`i nazaridan xalqaro va mintaqaviy masalalar ko`rib chiqildi.
Suhbatda AQSh elchisi Pamela Spratlen ishtirok etdi.






