7 Iyun kuni Rossiya futbol ittifoqi Rossiya chempionatida o`tgan mavsum eng yaxshi o`yin namoyish qilgan 33 futbolchining nomini ma`lum qildi. futbolchilar ro`yxati RFI rasmiy saytida chop etildi.
Eng yaxshi futbolchilar ro`yxatiga “SSKA”dan 9, “Lokomotiv”dan 6, “Kuban”dan 5, “Zenit”dan esa 3 nafar futbolchi kiritildi. Eng yaxshi futbolchilar ro`yxatidan O`zbekiston terma jamoasi va “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisov ham joy oldi.