Tomas Shennon: O`zbekiston rahbariyatining Afg`onistonda tinchlik va barqarorlik o`rnatish borasidagi tashabbuslarini qo`llab-quvvatlaymiz

Siyosat 27.03.2018, 09:35
Tomas Shennon: O`zbekiston rahbariyatining Afg`onistonda tinchlik va barqarorlik o`rnatish borasidagi tashabbuslarini qo`llab-quvvatlaymiz

O`zbekiston mintaqa davlatlari, xususan, Afg`oniston bilan o`zaro hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda. Shu kunlarda poytaxtimizda "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tmoqda.

Unda ishtirok etish uchun kelgan AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Tomas Shennon bu haqda O`zA muxbiriga quyidagilarni so`zlab berdi:

– O`zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida muhim o`rin tutadi. Prezident Shavkat Mirziyoevning mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash, o`zaro qo`shnilik aloqalarini mustahkamlash, chegara, suv resurslaridan oqilona foydalanish bilan bog`liq masalalarga tezkor echim topish borasidagi tashabbuslarini qo`llab-quvvatlaymiz.

Prezident Shavkat Mirziyoev bilan bugungi uchrashuvni o`zim uchun sharaf, deb bilaman. Suhbatimiz keng qamrovli va juda mazmunli o`tdi. Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, ushbu mamlakatning tinch rivojlanishini ta`minlashga ko`maklashish g`oyat muhim ahamiyatga ega. O`zbekiston rahbari bilan suhbatda shu masalada hamkorlik imkoniyatlarini ko`rib chiqdik.

Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasida yirik davlatlar qatorida Markaziy Osiyo mamlakatlarining ham tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari ishtirok etayotgani ushbu muammoni hal etishga xalqaro miqyosda naqadar keng yondashilayotganini ko`rsatadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1