Odil Ahmedov faoliyatini Rossiyaning "Krasnodar" klubida davom ettirishi kutilmoqda, deya yozadi Uff.uz sayti.
Bu haqida rossiyalik taniqli jurnalist Yuriy Rozanov tvitterdagi sahifasida ma`lumot qoldirgan. "Odil Ahmedov "Krasnodar"ga o`tmoqda", - deya yozadi Rozanov.
Eslatib o`tamiz, "Krasnodar" klubi avval ham Odil Ahmedovga bir necha bor qiziqish bildirgan edi. Ammo "Anji" O`zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisini sotishni istamagandi. Maxachqal`aliklar quyi ligaga tushib ketgach, legionerlar cheklovi tufayli klub Odil Ahmedovni sotishga majbur bo`lmoqda.
Eslatib o`tamiz, Odil Ahmedov bilan SSKA klubi ham qiziqish bildirgani xabar qilingandi.