Toshkent xalqaro konferensiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev nutq so`zlamoqda

Siyosat 27.03.2018, 10:47
Toshkent xalqaro konferensiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev nutq so`zlamoqda

“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev nutq so`zlamoqda. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab anjuman ishtirokchilari, barcha mehmonlarni O`zbekiston xalqi nomidan tabrikladi.

Prezidentimiz bugungi tadbir xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg`onistonda tinchlik va barqarorlikni ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan sa`y-harakatlarning mantiqiy davomi ekanini qayd etdi.

Afg`oniston zaminida nizolar 40 yildan buyon davom etayotgani, “urush olovi” minglab tinch aholi umriga zomin bo`layotganini, allaqachon nizolarga chek qo`yish vaqti kelganini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1