Shavkat Mirziyoev: “Urush olovi” afg`on xalqiga chetdan tiqishtirildi, bu — uning tanlovi emas

Siyosat 27.03.2018, 10:50
Shavkat Mirziyoev: “Urush olovi” afg`on xalqiga chetdan tiqishtirildi, bu — uning tanlovi emas

Ayni paytda poytaxtimizda “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tmoqda, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.

Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev nutq so`zlamoqda.

Biz shu kunlarda Bahor va yangilanish bayrami bo`lgan Navro`z ayyomini keng nishonlaoqdamiz. Azal-azaldan bu faslda urush-janjallar to`xtatilgan. Odamlar eski gina-kuduratlarni unutib, bir-birini kechirgan va hatto eng murakkab hal etib bo`lmaydigandek tuyulgan masalalar bo`yicha ham kelishib, hamjihatlikka erishgan.

Ishonchim komil, bugun biz ham davrimizning eng o`tkir mintaqaviy va global muammolardan biri — Afg`onistondagi qarama-qarshilikni hal etishni amaliy ruhda muhokama qilib, birgalikda umumiy bir echim ishlab chiqishga qodirmiz. Ming afsuski, jafokash Afg`oniston zaminidagi bu to`qnashuv qariyb 40 yildan bo`yon davom etmoqda.

Ma`lumki, “Urush olovi” afg`on xalqiga chetdan tiqishtirildi, bu — uning tanlovi emas. Aynan shu yillar mobaynida yuz minglab tinch aholi urush qurboniga aylandi, millionlab insonlar o`z uylarini tashlab ketishga va boshqa mamlakatlardan boshpana izlashga majbur bo`ldi...

...Men qat`iy aminman: afg`on xalqida o`z farzandlari va kelajak avlodlarning baxt-saodati yo`lida yangi, tinch hayotni boshlash va barpo etish uchun kuch-g`ayrat, donishmandlik, mardlik va matonat etarli.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1