1

Shavkat Mirziyoev: Afg`on xalqi urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan

Siyosat 27.03.2018, 11:00
Shavkat Mirziyoev: Afg`on xalqi urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan

Ayni paytda poytaxtimizda “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tmoqda.

Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev nutq so`zlamoqda.

Afg`onistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zo`ravonlik va qon to`kilishlar narkobiznesning barham topmayotgani — bularning barchasi bu mamlakatdagi vaziyatni jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yo`l qo`yib bo`lmasligini ko`rsatmoqda.

Eng yomoni, Afg`onistondagi qurolli qarama-qarshilik va zo`ravonlik sharoitida butun bir avlod voyaga etdi. Lekin bu ayrim ekspertlar andishasizlarcha ta`kidlayotganidek, “boy berilgan avlod” emas. Ular urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar xolos. Ular o`zaro nizolarga chek qo`yib tinch hayotga o`z mamlakatini taraqqiyot va farovonlikka olib boradigan, bunyodkor mehnatga qaytishni xohlaydi va shunga intiladi.

Men qat`iy aminman: afg`on xalqida o`z farzandlari va kelajak avlodlarning baxt-saodati yo`lida yangi, tinch hayotni boshlash va barpo etish uchun kuch-g`ayrat, donishmandlik, mardlik va matonat etarli.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1