AsosiySport

O`zbekiston milliy terma jamoasi bugun Marokashga qarshi o`ynaydi

'O`zbekiston milliy terma jamoasi bugun Marokashga qarshi o`ynaydi'ning rasmi

Bugun futbol bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Marokashga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi.

O`yin Kasablanka shahrida bo`lib o`tadi. Soat 23: 55da boshlanadigan bahs "Sport TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Eslatib o`tamiz, 23 mart kuni terma jamoamiz Afrikaning boshqa bir terma jamoasi - Senegalga qarshi bahs o`tkazgan va 1: 1 hisobida durang qayd etgandi.

Ma`lumot uchun, Marokash va Senegal terma jamoalari shu yil Rossiyada o`tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etadilar. Marokash terma jamoasi mundialda Ispaniya, Portugaliya va Eron jamoalari bilan bir guruhdan o`rin olgan. Senegalga esa guruh bosqichida Kolumbiya, Polsha va Yaponiya terma jamoalari raqiblik qiladi.

    Boshqa yangiliklar