Futbol bo`yicha jahon chempionatining bosh homiysi Sony kompaniyasi Qatarning 2022 yilgi jahon chempionatini mezbonligini korrupsiya yo`li bilan olgan to`g`risidagi xabarlardan so`ng, ushbu ish yuzasidan tergov olib borishni talab qilmoqda.
Britaniyaning Sunday Times gazetasi xabariga ko`ra, Qatarni ChJ-2022 mezbonligini qo`llab-quvvatlash uchun futbol olamidagi amaldorlar 5 mln AQSh dollari miqdorida pora olishgan.
FIFA prezidenti o`rinbosari Jim Boys agarda koppursiya bilan bog`liq shubhalar o`z tasdiqini topsa, qayta saylov o`tkazishni qo`llashini ma`lum qildi.
Qatar tashkiliy qo`mitasi qonunga xilof harakatlar qilganini rad etmoqda.
Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, 2018 yil (Rossiya) va 2022 yilgi (Qatar) jahon chempionati mezbonlarini tanlanishida nohaqlik kuzatilgan degan tahminlar yuzasidan FIFA o`zining ichki tergovini boshlab yuborgan.