1

Shavkat Mirziyoev xalqaro anjuman O`zbekistonda bo`lib o`tishiga qanday asoslar borligini sanab o`tdi

Siyosat 27.03.2018, 12:49
Shavkat Mirziyoev xalqaro anjuman O`zbekistonda bo`lib o`tishiga qanday asoslar borligini sanab o`tdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Afg`onistonda tinchlik o`rnatishni maqsad qilgan ushbu yuqori darajadagi xalqaro anjuman O`zbekistonda bo`lib o`tishiga qanday asoslar borligini sanab o`tdi.

Birinchidan: bizning ushbu tashabbusimiz O`zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasiga to`la mos keladi. Bu konsepsiyada avvalo qo`shni mamlakatlar bilan yaxshi qo`shnichilik, do`stlik va o`zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan.

Ikkinchidan: O`zbekiston va afg`oniston xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-sivilizasion makonda yashab keladi.

Azal-azaldan Amudaryoning ikki tomonida o`zaro o`xshash tillar.umumiy muqaddas din va mushtarak ma`naviy qadriyatlar birlashtirib turadigan xalqlar yashab kelmoqda. Amudaryo biz uchun hamisha tiriklik manbai bo`lib kelgan, ammo odamlarning erkin harakat qilishiga, savdo aloqalarini yaqindan rivojlantirishga, ilm-fan sohasidagi yutuqlar bilan o`rtoqlashgan va bir-birini madaniy jihatdan boyitishga hech qachon to`sqinlik qilmagan.Uchinchidan: barchamiz qat`iy ishonamizki, xavfsizlik yagona va bo`linmasdir, va uni faqat birgalikdagi sa`yi-harakatlar bilan ta`minlash mumkin. Afg`oniston xavfsizligi — bu O`zbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy Osiyo mintaqasi barqarorligi va taraqqiyoti garovidir.

Xalqaro terroristik tashkilotlar Afg`onistonni o`zining doimiy makoniga aylantirib olishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi.

To`rtinchidan: O`zbekiston Afg`onistonda tinchlik o`rnatishga ko`maklashish bo`yicha tajribaga ega. O`zbekistonning tashabbusi bilan 1999 yilda Toshkentda Afg`onistonga qo`shni davlatlar Rossiya va AQSh tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari darajasidagi “6+2” guruhining uchrashuvi bo`lib o`tgan edi. Bu uchrashuvda Shimoliy ittifoq va Tolibon harakati vakillari ham ishtirok etgan edi.

Muzokaralar yakuni bo`yicha Afg`onistondagi nizolarni tinch yo`l bilan bartaraf etishning asosiy prinsiplari haqidagi Toshkent deklarasiyasi qabul qilindi va u BMT Bosh Assambleyasi 54-sessiyasi va BMT XK ning rasmiy hujjatiga aylandi.

Shu munosabat bilan, Afg`oniston bilan umumiy kelajagimiz, afg`onistonlik birodarlarimizni ham, bizni ham birdek tashvishga solayotgan masalalar haqida gapirish uchun barcha asoslarga siyosiy va ma`naviy huquqga egamiz.

Aynan mana shuning uchun ham O`zbekiston butun dunyo mamlakatlarini bizning bu ezgu ishdagi sa`y-harakatlarimizni qo`llab-quvvatlashga da`vat etadi, dedi Prezident.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1