Qo`shni mamlakat rivoji uchun O`zbekiston loyihalarni taklif etadi

Siyosat 27.03.2018, 12:51
Qo`shni mamlakat rivoji uchun O`zbekiston loyihalarni taklif etadi

O`zbekiston 2002 yildan buyon Afg`onistonga elektr energiyasini etkazib bermoqda. Surxon-Puli-Xumri yangi elektr tarmog`ining ishga tushirilishi bilan O`zbekistondan Afg`onistonga elektr energiyasi etkazib berish hajmi keskin ortadi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida buni aytib o`tdi.

«Biz birgalikda yana bir strategik loyihani amalga oshirish taklifini ilgari surmoqdamiz. Bu o`zbek mutaxassislari tomonidan qurilgan va hozirgi kunda faoliyat ko`rsatayotgan Hayraton—Mozori Sharif temir yo`lini Hirotgacha davom ettirish loyihasidir», — deya ta`kidladi davlat rahbari.

Bu loyiha Afg`oniston iqtisodiyotini tiklash uchun aniq va amaliy chora bo`lib, shu asosda yangi ish o`rinlari yaratilib, mamlakatning tranzit salohiyatini oshirishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1