1

O`zbekiston tashabbusi bilan Afg`onistondagi tinchlik uchun xalqaro muloqot maydoni tashkil etildi

Siyosat 27.03.2018, 13:40
O`zbekiston tashabbusi bilan Afg`onistondagi tinchlik uchun xalqaro muloqot maydoni tashkil etildi

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur konferensiya nafaqat mintaqa davlatlari, balki butun dunyoda katta qiziqish uyg`otdi, deb yozadi Prezident matbuot xizmati.

Unda ishtirok etish uchun mamlakatimizga AQSh, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlardan nufuzli delegasiyalar tashrif buyurdi.

Xalqaro ekspertlar, siyosatshunoslar konferensiya jarayonini diqqat bilan kuzatib bormoqda. AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining etakchi telekanallari, axborot agentliklari va nashrlari anjuman tadbirlarini keng yoritmoqda.

Xalqaro konferensiyada Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani, Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili Federika Mogerini ham chiqish qildi. Shundan so`ng, BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterishning videomurojaati namoyish qilindi.

Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha O`zbekiston pozisiyasini bayon qilgan, bu borada amaliy takliflarni ilgari surgan edi. Toshkent xalqaro konferensiyasi Afg`oniston muammosini tinch yo`l bilan hal etish bo`yicha muhim siyosiy jarayondir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1