AsosiySport

O`zbekiston Kubogiga qayta qur`a tashlandi

'O`zbekiston Kubogiga qayta qur`a tashlandi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Pro-ligasi va O`zbekiston Kubogi o`yinlariga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

Pro-liga o`yinlari qur`asidan so`ng Superliga va Pro-liga vakillari O`zbekiston Kubogi o`yinlaridagi raqiblarini ham bilib olishdi.

Yangi tahrirdagi musobaqa qonun-qodasiga ko`ra, endi avvalgidek 1/16 va 1/8 finallarda o`yinlar dastlabki va javob uchrashuvlari tariqasida yohud Pro-liga maydonida o`tishi kabidek bo`lmaydi. Musobaqaning dastlabki saralash o`yinlariga 2 aprelda start beriladi. Guruh bahslari esa 15 apreldan boshlanadi.

O`zbekiston Kubogi-2018

1/32 final. 2 aprel

“Nurafshon” (Toshkent viloyati) - “Iftixor” (Yoshlar ittifoqi jamoasi)

“Sherdor” (Samarqand) - “Labsa” (Buxoro)

1/16 final. 15-16 aprel

"Mash`al" - "Istiqlol"

"Lokomotiv-BFK" - "Surxon"

"Orol" - "G`ijduvon"

"Xotira-79" - "Dinamo"

"Iftixor" va "Nurafshon" g`olibi - "Yozyovon"

"Sho`rtan" - "Neftchi"

"So`g`diyona" - "Metallurg"

"Zomin" - "Qo`qon-1912"

"Andijon" - "Navbahor"

"Qizilqum" - "Buxoro"

"Labsa" va "Sherdor" g`olibi - "Xorazm"

AGMK - "Norin"

1/16 final o`yinlaridan so`ng 1/8 finalga qur`a tashlanadi. Unda "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Nasaf" klublari ham qo`shiladi.

1/8 final o`yinlari 29-30 may, ¼ final o`yinlari 12-13 iyul sanalariga belgilangan. Yarim final uchrashuvlarining dastlabkisi 22-23 iyul, javob o`yinlari esa 8-9 avgustga rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar